Mahsulotlar O‘zbekiston bo‘ylab Fargo pochta xizmati orqali, Toshkent shahriga esa kuryer orqali yetkazib beriladi. Xorijiy davlatlarga xalqaro pochta orqali yuboriladi.
Buyurtma jo‘natilgach, mijozga elektron pochta orqali xabar beriladi.
Buyurtmalar O‘zbekiston bo‘ylab 3–4 ish kunida, Toshkent shahriga 48 soatda, xorijiy davlatlarga 10–25 ish kunida yetkazib beriladi.
Yetkazib berish vaqtida yuzaga keladigan kechikishlar uchun pochta/kuryer xizmati javobgar.
Agar buyurtma beruvchi noto‘g‘ri manzil ko‘rsatgan bo‘lsa yoki pochta xodimlari borganida qabul qiluvchi bo‘lmasa, qayta yuborish xarajatlari mijoz hisobidan qoplanadi. Jo‘natilgan mahsulot uchun pochta xarajatlari hech qanday holatda qaytarilmaydi.
Buyurtma berishda manzilni to‘liq ko‘rsatish majburiydir. Foydalanuvchining ismi-sharifi, manzili va telefon raqami faqat pochta/kuryer xizmatiga yetkazib berishni osonlashtirish uchun taqdim etiladi.
Bosh do‘kondan olib ketish
Mijoz buyurtma berish vaqtida "Bosh do‘kondan olib ketish" variantini tanlashi mumkin.
Buyurtma uchun to‘lov tasdiqlangach, xaridor 30 kun ichida kelib, buyurtmani olib ketishi kerak.
Agar xaridor 30 kun ichida mahsulotni olib ketmasa, buyurtma bekor qilinadi. To‘lov esa xaridor ariza bilan murojaat qilgandan so‘ng uning plastik kartasiga qaytariladi.