Yaqinda qidirilganlar

Hadis va Hayot

Hadis va Hayot

Tavsiya etamiz

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

32 000 so’m

54 000 so’m

«Илм олиш одоблари» kitobi

Obuna

Kitoblar
Quroni Karim
Disklar
Kerakli anjomlar
Siyrat
Nashriyotlar
Plakatlar
Mavzular
Fleshkalar

Talab va shatlar

hilolnashr.uz, kitoblardunyosi.uz va e-hilolnashr.uz (kelgusida sahifalar) “HILOL NASHR” MCHJ nashriyotining internetdagi rasmiy sahifalari hisoblanadi. Sahifalar “HILOL NASHR” MCHJga tegishlidir. Ushbu sahifalardan ma’lumotlarni “HILOL NASHR” MCHJ ruxsatisiz ko‘chirish mumkin emas.

1. Foydalanuvchi majburiyati va huquqlari:

  • 1.1. Sahifalarda ro‘yxatdan o‘tish bepul va majburiy emasdir. Foydalanuvchi o‘z xoxishiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tadi.
  • 1.2. Foydalanuvchi sahifalarda ro‘yxatdan o‘tish bilan birga shaxsiy kabinet yaratish uchun kerakli bo‘lgan xaqiqiy va so‘ngi ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Shu bilan birga xar bir foydalanuvchiga tegishli bo‘lgan loginni yaratish uchun elektron manzilni berishi kerak.
  • 1.3. Foydalanuvchi berayotgan ma’lumotlarni to‘g‘riligini va ma’lumotlarga nisbatan uchinchi shaxslar tomonidan shikoyatlar kelmasligini kafolatlashi shart.
  • 1.4. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng taqdim qilgan elektron manziliga sahifalarga kirish logini va paroli yozilgan maktub qabul qilib oladi.
  • 1.5. Foydalanuvchi o‘z login va paroli bilan uning ruxsatisiz ishlatilganini bilsa zudlik bilan ma’muriyatga info@hilolnashr.uz elektron manzili orqali ma’lum qilishi kerak.
  • 1.6. Foydalanuvchi sahifalardan foydalanishda etika va tarbiya normalariga rioya qilishi shart.
  • 1.7. Foydalanuvchi sahifalarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan, shuningdek, birovlarga zarar keltiradigan, shaxslarni xaqorat qiladigan, mualliflar xuquqini buzadigan, insonlar orasida irqiy, diniy, jinsiy, ijtimoiy holatlari bo‘yicha nizolarga olib keluvchi materiallarni joylamaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
  • 1.8. Foydalanuvchi bir nechta yoki o‘ziga tegishli bo‘lmagan shaxs nomidan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin emas.
  • 1.9. Foydalanuvchi sahifalardan olgan materiallar va mahsulotlarni faqatgina o‘zi ishlatishi mumkin, ya’ni sahifa ma’muriyati yoki mualliflarning yozma ruxsatisiz ulardan nus'ha ko‘chirishi va tarqatishi mumkin emas.
  • 1.10. Foydalanuvchi sahifalardan mahsulotlar xarid qilganda sahifa ma’muriyati tomonidan maxsulotlar to‘lov tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kuni ichida pochta xizmati punklaridan biriga yetgazib beradi:
  • Buyurtma uchun to‘lovlarni U-Pay.uz, Click.uz, Payme.uz, Paynet.uz, Visa/Mastercard (chet eldagi foydalanuvchilar uchun) to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin. Buyurtmalar FARGO va "Toshkent Pochtamti" yetkazib berish xizmatlari hamda O‘zbekiston Milliy pochtasi oraqali yuboriladi. Banderollar hozirda faqat O‘zbekiston Respublikasi va bir qancha xorijiy*** mamlakatlar bo‘ylab yuboriladi. Foydalanuvchi mahsulotlarga buyurtma berayotganda manzillarni indekslari bilan to‘g‘ri berishi shart. Buyurtma berilgandan so‘ng, 3 ish kuni ichida to‘lov amalga oshirilmasa ushbu buyurtma bekor qilinadi. Foydalanuvchi yangitdan buyurtma berishi kerak bo‘ladi. Banderol yuborilgandan so‘ng sahifa ma’muriyati foydalanuvchiga elektron maktub orqali xabar beradi. Banderollar pochtaga topshirilgandan so‘ng Toshkent shahrida 2 kun, Viloyatlarga 3-10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda yetkaziladi. Chet elga yuborilgan banderollar 10 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda yetkaziladi. Ularning o‘z vaqtida yetkazib berilishiga yuqorida nomlari keltirilgan yetkazib berish xizmatlari javobgar, unga sahifalar ma’muriyati javob bermaydi. Foydalanuvchi manzilni noto‘g‘ri berganligi yoki pochta xizmatidagilar borganda qabul qilib oluvchi bo‘lmagani sabablik qaytib kelgan banderolni yana qayta yuborish xarajatini mijozni o‘zi to‘laydi. Banderollar yuborilgandan so‘ng pochta xarajatlari xech qanday holatda qaytarib berilmaydi. Banderollarni qadoqlash va yuborish narxlari mahsulot sotib olinayotganda uning narxlaridan tashqari qo‘shimcha xaq sifatida qabul qilib olinadi. Banderolllarni qadoqlash va yuborish narxlarini sahifamizdan bilib olishingiz mumkin. Yuqorida aytilgan pochta xizmatlari narxlarini sahifa ma’muriyati foydalanuvchilarga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o‘zgartirishi mumkin.

  • 1.11. Foydalanuvchi buyurtma berish vaqtida yetkazib berish turlarini tanlashda "Bosh do‘konimizdan olib ketish"ni tanlashi mumkin. Bunda xizmat haqqi uchun umumiy mahsulot summasidan 3% qo‘shimcha qo‘shiladi. Bunda buyurtmaga to‘lov qabul qilingan kundan 30 kun ichida buyurtmachi o‘z shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport yoki haydovchilik guvohnomasi) bilan kelib mahsulotlarni bosh do‘konimizdan olib ketishi kerak. Buyurtmachi 30 kun ichida kelmasa buyurtma bekor qilinadi. Bekor qilingan buyurtma to‘lovi esa buyurtmachi kelib ariza yozgan taqdirda uning shaxsiy plastik kartasiga qaytarib beriladi.
  • 1.12. «Hilol» sovg‘a sertifikati xaqida.
  • «Hilol» sovg‘a sertifikati bosma (kupon) va elektron ko‘rinishga ega.

    «Hilol» bosma (kupon) sovg‘a sertifikati:

    Sovg‘a sertifikatini «Hilol Nashr» nashriyot-matbaasining savdo do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin. Sertifikatlarni yaqinlaringizga hadya qilsangiz, ular o‘zlariga kerakli kitoblarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Sovg‘a sertifikatining qiymati uning old tomonida ko‘rsatilgan bo‘lib, hozirgi kunda 50000, 100000, 200000 va 500000 so‘mlik sovg‘a sertifikatlari bor. Sovg‘a sertifikatidan «Hilol Nashr» nashriyot-matbaasining savdo do‘konlarida, www.kitoblardunyosi.uz vebsahifasidan onlayn xarid qilishda yoki nashriyot bilan hamkor boshqa kitob do‘konlarida foydalanishingiz mumkin. Sertifikat qabul qiluvchi hamkor do‘konlar manzilini sahifamizdan aniqlab olishingiz mumkin bo‘ladi. Sovg‘a sertifikati naqd pulga yoki boshqa sertifikatga almashtirib berilmaydi. «Hilol» sovg‘a sertifikati bir martalik imkoniyatdir. Shuning uchun uning qiymatini biryo‘la to‘liq ishlatishingiz kerak. Ortib qolgan mablag‘ qaytarilmaydi. Sovg‘a sertifikatidan foydalanish vaqtida buyurtma uchun to‘lov summasi sertifikat summasidan ko‘p bo‘lsa, naqd yoki plastik karta orqali qo‘shimcha to‘lov qilish mumkin. Sertifikat yo‘qolsa, o‘g‘rilansa yoki yaroqsiz holga kelsa (yirtilsa, chizilib ketsa), yangisiga almashtirib berilmaydi. Sovg‘a sertifikati xarid qilingan kundan boshlab 6 oy amal qiladi. Muddati o‘tgan sertifikat qabul qilinmaydi. Sovg‘a sertifikatini boshqalarga sotish mumkin emas.

  • 1.13. Elektron «Hilol» sovg‘a sertifikati
  • Elektron sovg‘a sertifikati Sizga uyingizdan chiqmagan holda internet orqali uni xarid qilish va yaqinlaringizga taqdim etish imkonini beradi. Elektron sovg‘a sertifikati www.kitoblardunyosi.uz vebsahifasi orqali xarid qilinadi va faqat elektron manzilga yuboriladi. Buning uchun www.kitoblardunyosi.uz vebsahifasidagi tegishli ilova orqali sovg‘a sertifikati sahifasiga o‘tib va kerakli ma’lumotlarni kiritiladi (qabul qiluvchi, qabul qiluvchining elektron pochta manzili, xarid qiluvchi ismi, xarid qiluvchi elektron pochta manzili, sertifikatning turi va qiymati). Elektron sertifikat qiymatini 10000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha miqdorda xarid qiluvchi o‘zi belgilaydi. Elektron sertifikatni onlayn sotib olgach, bu to‘lov sahifa administratori tomonidan tasdiqlanib olinadi. So‘ngra uning maxsus kodi «Qabul qiluvchi»ning elektron pochta manziliga yuboriladi. Qabul qiluvchi mahsulotlarni onlayn xarid qilishda to‘lov o‘rniga o‘sha maxsus koddan foydalanishi mumkin. Elektron sovg‘a sertifikati ham bir martalik imkoniyatdir. Shuning uchun uning qiymatini biryo‘la to‘liq ishlatilishi kerak. Ortib qolgan mablag‘ qaytarilmaydi. Elektron sovg‘a sertifikati naqd pulga yoki boshqa sertifikatga almashtirib berilmaydi. Elektron sovg‘a sertifikati xarid qilingan kundan boshlab 6 oy amal qiladi. Muddati o‘tgan sertifikat qabul qilinmaydi.

  • 1.14. Sodiqlik ballari (loyalty points) ga oid qoidalar
  • kitoblardunyosi.uz va hilolnashr.uz saytlarimizdan ro‘yxatdan o‘tgan profil orqali amalga oshirilgan xaridlar uchun 1% miqdorida ball beriladi. 1% miqdor faqat maxsulot qismidan hisoblanadi. Yetkazib berish qismi uchun uchun to‘langan miqdor uchun ball berilmaydi To‘plangan ballarni kelgusi buyurtmalarda har biri 1 so‘mga teng qilib ishlatishingiz mumkin. Ballarni profil egasi faqat o‘zi shu profil orqali ishlatishi mumkin. Ballar boshqa profilga o‘tkazib berilmaydi. Ballardan faqat sayt orqali amalga oshirilgan xaridlarda foydalanish mumkin. Ushbu ballar faqatgina sahifamizda ro‘yxatdan o‘tib berilgan buyurtmalar uchundir. Tashkilot ballar uchun hech qanday moddiy majburiyat olmaydi. Ballarni xariddan tashqari tovar yoki pulga almashtirib bo‘lmaydi. Ballardan foydalanish muddati belgilanmagan. Lekin tashkilot mavjud holat(kutilmagan vaziyat, fors-majlor)dan kelib chiqib ball berishni to‘xtatishi, yig‘ilgan ballarni bekor qilishi mumkin.

  • 1.15. Foydalanuvchi xarid mahsulotlar xaqida to‘liq ma’lumot bilan yaxshilab tanishgandan so‘ng xarid qilishi kerak. Savollar bo‘lsa sahifalar ma’muriyatiga murojaat qilishi kerak.
  • 1.16. Sahifamizdan xarid qilingan mahsulotlar qaytarib olinmaydi va amalga oshirilgan to‘lovlar foydalanuvchiga qaytarilmaydi.
  • 1.17. Foydalanuvchi ma’muriyatga uning shaxsiy kabinetini o‘chirishni iltimos qilib maktub yozish orqali sahifadan foydalanishini to‘xtashishi mumkin.
  • 2. Sahifalar ma’muriyatining majburiyat va huquqlari:

  • 2.1. Sahifalar ma’muriyati istalgan vaqtda sahifalar dizayni, joylashishi, shuningdek ichidagi materiallarni foydalanuvchiga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o‘zgartirish xuquqiga egadir.
  • 2.2. Sahifalar ma’muriyati foydalanuvchilarga sahifalarga oid elektron maktublar yuborib turish xuquqiga ega. Lekin sahifa ma’muriyati xech qachon foydalanuvchidan shaxsiy kabinetiga kirish login va parollari xaqida ma’lumot so‘rab maktub yozmaydi!
  • 2.3. Sahifa ma’muriyati mahsulotlarni narxlarini istagan vaqtda foydalanuvchiga e’lon qilib yoki e’lon qilmasdan o‘zgartirish xuquqiga ega.
  • 2.4. Sahifalar ma’muriyati foydalanuvchilarga e’lon qilmasdan yoki e’lon qilib istagan materiallar va yozuvlarni o‘chirib tashlash, shuningdek foydalanvchilarni faoliyatini to‘xtatish yoki qisman taqiqlash xuquqiga egadir.
  • 2.5. Sahifalar ma’muriyati sahifalardan foydalanishga qo‘shimcha shartlar, taqiqlar yoki sahifa faoliyatini vaqtinchalik yoki umuman to‘xtatish xuquqini o‘zida qoldiradi.
  • Asosiy

    Bo’limlar

    Savat